Jahonning eng ko‘p tashrif buyurilgan futbol klubi sayti ma'lum bo‘ldi
UYeFAning yillik hisobotidagi ma'lumotlarga ko‘ra, Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi sayti eng ko‘p foydalanuvchilar tashrif buyurgan sahifa bo‘ldi. U jahonning barcha futbol klublari rasmiy veb-portallari orasida birinchi o‘rinni egalladi.
“Qizil iblislar”ning rasmiy saytiga o‘tgan mavsum davomida har oyda deyarli 8,5 million kishi kirgan. Keyingi pog‘onada “Arsenal” qayd etilgan bo‘lsa (8,5 mln), kuchli uchlikni “Liverpul” sayti yakunlab bergan (bir oyda 7,7 million foydalanuvchi tashrif buyurgan).
Keyingi o‘rinlarda Madridning “Real” (bir oyda 7,2 million kishi) va Kataloniyaning “Barselona” (6,3 mln) saytlari bormoqda. Birinchi o‘nlikdan, shuningdek, “Fenerbaxche” (3,3 mln), “Chelsi” (3,2 mln), Kiyevning “Dinamo”si (3,1 mln), “Bavariya” (2,9 mln) va Dortmundning “Borussiya” klubi (2,7 mln) saytlari o‘rin oldi.
Ma'lumotlar 2016 yilning yanvar-iyun oylaridagi holat bo‘yicha taqdim etilgan.
Sayt, “Manchester Yunayted”
Mavzuga oid
11:45 / 27.12.2024
Holand penaltidan ham gol urolmadi, «Chelsi» kambek qurboni. APLda Boxing day
12:24 / 16.12.2024
«Barsa» yana autsayderga yutqazdi, «Siti» kambek qurboni. Kun o‘yinlari
10:17 / 05.12.2024
Mbappe yana uyaltirdi, «Liverpul» qoqildi. Kun o‘yinlari
11:53 / 25.11.2024