Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentina xorijiy banklardan 6 mlrd dollar miqdorida zayom oladi
Argentina hukumati xorijiy banklardan 6 milliard dollar miqdorida zayom olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda mamlakat Moliya vaziri Luis Kaputo ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Argentina Santander, BBVA Frances, Citibank, HSBC, JP Morgan va Deutsche Bank banklaridan 1 milliard dollardan oladi.
"Bu shu yilning o‘zida xalqaro qarz bozoriga kirish ehtiyojini sezilarli darajada kamaytiradi", degan vazir jurnalistlar bilan uchrashuvda.
Kreditlar 1,5 yil muddatga, qimmatli qog‘ozlarni garovga qo‘yish evaziga beriladi. Zayomlar uchun suzib yuruvchi foiz stavkalari o‘rnatiladi (ayni vaqtda 3,8 foiz).
Kaputoning xabar berishicha, keyingi haftada mamlakatda xalqaro qarz bozoriga 3-5 milliard dollarlik obligatsiyalar chiqariladi, yana 1-2 milliard dollarlik miqdordagi obligatsiyalar esa ichki bozor uchun.
Qimmatli qog‘ozlarning joylashtirilishi bilan Santander, BBVA Frances, Citibank, HSBC, JP Morgan va Deutsche Bank shug‘ullanadi.