Jamiyat | 20:58 / 13.01.2017
12168
2 daqiqa o‘qiladi

Internetda 1950-yillar teleshousidagi yovuz Trampga e'tibor qaratildi

Foto: CBS

1950-yillarda namoyish qilingan amerika seriali Trackdown’da qiyomat qoyimdan saqlanish uchun shahar atrofida devor qurmoqchi bo‘lgan Uolter Tramp ismli qahramon aniqlandi. Bunga Snopes portali e'tibor qaratdi.

Serialning bu epizodi 1958 yilda CBS telekanali orqali namoyish qilingan va "Qiyomat qoyim" deb atalgan.  Uolter Trampni "Yulduzli yo‘l" serialining rejissyori va aktyor Lourens Dobkin ijro etgan.

YouTube’da bu epizod 2016 yil noyabrda "Bu teleshou 1958 yilda Donald Trampning paydo bo‘lishini bashorat qilgan" degan yozuv bilan paydo bo‘lgandi, biroq foydalanuvchilar bu rolikka endigina e'tibor qaratishdi. 

Syujyetga ko‘ra, Uolter Tramp shaharliklarni ularga olovli yomg‘ir xavf solayotgani va bu falokatdan ularni faqatgina u qutqarib qolishiga ishontirmoqchi bo‘ladi. Mahalliy politsiyachi aslida Tramp uning nayranglarini shahar tashqarisida hech kim bilmasligi uchun devor qurmoqchi bo‘lgan firibgar ekanligini aniqlaydi. 

Epizod oxirida Tramp hibsga olinadi.

Noyabrda ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari "Simpsonlar" multserialining 16 yil avvalgi epizodlaridan biriga e'tibor qaratishgandi. Unda bosh qahramonlardan biri Liza Simpson Trampdan keyin AQSh prezidenti bo‘ladi va mamlakat to‘liq inqirozda ekanligini aniqlaydi. Unga maslahatchilari bu inqiroz Trampning o‘zini oqlamagan investitsiyalari sababli yuz berganini tushuntirishadi.

  

Mavzuga oid