Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp jamoasi uning inauguratsiyasi uchun rekord mablag‘ to‘pladi
AQSh prezidenti etib saylangan Donald Trampning inauguratsiya qo‘mitasi Trampning yangi lavozimga kirishishi marosimini o‘tkazish uchun xususiy homiylar tomonidan rekord darajadagi 90 mln dollar xayriya mablag‘lari yig‘a oldi. Bu marosim 20 yanvarda Vashingtonda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda AP axborot agentligi xabar bermoqda.
Tramp tomonidan yig‘ilgan qiymat amaldagi prezident Barak Obama 2009 va 2013 yillarda yig‘a olgan mablag‘lardan ancha ko‘proqni tashkil qiladi. Bu qiymatlar mos ravishda 55 va 43 mln dollarni tashkil qilgan.
Avvalroq The Washington Post nashri AQShning 45-prezidenti o‘z lavozimiga kirishishi munosabati bilan bayram tadbirlarining o‘tkazilishi xarajatlari 175-200 mln dollar tashkil qilishini va bu qiymat avvalgi bunday xarajatlardan uncha ko‘pmasligini ma'lum qilgandi. Nashrning ta'kidlashicha, bu xarajatlar suvenirlar hamda bal va tushliklarga chiptalar sotish, korporatsiyalar va siyosiy tashkilotlar, jismoniy shaxslar xayr-ehsonlari hisobiga qoplanadi.