KXDR qit'alararo ballistik raketani sinab ko‘rishga tayyorgarlikni yakunlamoqda
Shimoliy Koreya respublikasi "qit'alararo ballistik raketalar (QBR) sinoviga tayyorgarlikni yakunlamoqda". Bu ma'lumotlarni mamlakat hukumatining "Minchju Choson" gazetasi tasdiqladi. Nashrning yozishicha, bu turdagi qurolni ishlab chiqarish - "Qo‘shma Shtatlar tomonidan tobora kuchayib borayotgan yadroviy tahdid qarshisida mamlakatning harbiy mudofaa salohiyatini mustahkamlash yo‘lidagi choralardan biri hisoblanadi".
KXDR suvereniteti va qadr-qimmatini himoya qilish uchun QBRni barpo qilish, deyiladi maqolada, "hech qanday xalqaro huquq me'yorlariga zid emas, aksincha mustaqil mamlakatning qonuniy huquqi hisoblanadi".
"Minchju Choson"ning ogohlantirishicha, rasmiy Pxenyan "AQSh va uning vassallari KXDRga tahdidlar qilib, respublikaga qarshi qaratilgan turli harbiy amaliyotlar o‘tkazar ekan, o‘zini mudofaa qilish hamda preventiv yadro zarbasi berish maqsadida o‘z yadro salohiyatini kuchaytirib boraveradi".
Gazeta prezident Barak Obamaning "Pxenyanga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar qo‘llash uchun Shimoliy Koreya tomonidan amalga oshirilayotgan fitnalar va xavf-xatarlar"ni bahona qilishini "kulgili" deya baholagan.
KXDR yetakchisi Kim Chen In yangi yil tabrigida yangi QBRni sinashga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida aytgan edi.
BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi KXDRga ballistik raketa sinovlarini o‘tkazishni taqiqlaydi. Rasmiy Pxenyan bu hujjatlarni tan olmaydi hamda Vashingtonning hozirgi dushmanona siyosati bois, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash huquqiga ega ekanini ta'kidlaydi.
Mavzuga oid
16:21 / 25.12.2024
Rossiyadagi KXDR harbiylari: ular qanday jang qiladi va dezertirlik qilishi mumkinmi?
12:20 / 24.12.2024
NYT: KXDR qo‘shinlarini Rossiyaga yuborish g‘oyasi Pxenyandan chiqqan
19:15 / 23.12.2024
KXDR Rossiya-Ukraina urushida mingdan ortiq harbiysidan ayrilgani ma’lum qilindi
09:12 / 23.12.2024