Jahon | 13:29 / 14.01.2017
12333
1 daqiqa o‘qiladi

Manba: Eron Turkiya va Rossiyaning yaqinlashishidan xavotirda

Eron Turkiya va Rossiyaning Suriya masalasi bo‘yicha yaqinlashuvida xavotirda. Bu haqda Anadolu agentligiga Turkiya tashqi ishlar vazirligidagi o‘z nomini oshkor etishni istamagan manba ma'lum qilgan.

Diplomatning ta'kidlashicha, Moskva va Anqara Rossiyaga tegishli bo‘lgan Su-24 samolyotining urib tushirilishi bilan bog‘liq mojaro o‘z yechimini topgach, Suriyadagi vaziyat bo‘yicha o‘zaro aloqaga kirishdi. Bu esa Tehronning noroziligiga sabab bo‘lgan.

Manba so‘zlariga ko‘ra, Eron yaqinda turk harbiy xizmatchilari bo‘lgan yerga berilgan aviazarbada mamlakatda ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchar qurilmalar ishlatilgani haqidagi fikrlarni keskin rad etdi.

«Tehron “Firot qalqoni” amaliyotidan norozi, sababi mintaqadagi vaziyat Turkiya emas, balki Eron syujyeti bo‘yicha rivojlanishini istamoqda», - ta'kidlab o‘tdi diplomat.

Mavzuga oid