Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya va Rossiya AQShni Ostonadagi muzokaralarga taklif qilmoqchi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu Rossiya tomoni bilan Qozog‘iston poytaxti Ostonada Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha muzokaralarga AQShni taklif qilishni kelishib oldi. Chovusho‘g‘lu bu haqda jurnalistlarga aytdi.
"AQSh Ostonadagi muzokaralarda ishtirok etadi", deb aytgan Chovusho‘g‘lu. Uning aytishicha, Vashington vakillarining taklif qilinishi masalasi Moskva bilan diplomatik darajada muhokama qilingan.
Uning aytishicha, "joriy bosqichda Ostonada qanday tomonlar va qanday darajada taqdim qilinishiga baho berilishi davom etmoqda".
Chovusho‘g‘lu Anqara "muzokaralarda kurd jangarilarining ishtirok etishiga qarshiligini" ta'kidlab o‘tdi. "Muzokaralarda vaziyatni tartibga solishda samarali ulush qo‘sha oladigan tomonlar ishtirok etishi kerak", deb hisoblamoqda Turkiya tashqi ishlar vaziri.
Mavzuga oid
22:34 / 13.07.2026
Fiat Topolino mini-elektromobil AQSh bozoriga chiqdi
20:27 / 13.07.2026
Tramp AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan kemalarning o‘tishi uchun haq olishini e’lon qildi
10:40 / 13.07.2026
Shtaynmayyer: Yevropa Rossiya va AQShning «shafqatsizlik siyosati»ga o‘z modeli bilan javob berishi kerak
10:10 / 13.07.2026