Sport | 23:40 / 15.01.2017
5778
2 daqiqa o‘qiladi

A seriya. «Roma» va «Napoli» g‘alaba qozondi

Foto: Twitter/sscnapoli

Italiya A seriyasining 20-turidan o‘rin olgan yana oltita uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yevropa chempionlar ligasi uchun beriladigan yo‘llanma beruvchi o‘rinlar uchun kurash olib boradigan uch jamoa g‘alaba qozondi.

«Napoli» o‘z uyida autsayderlardan biri «Peskara»ni qabul qilib ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. «Udineze» uyiga safar uyushtirgan «Roma» esa Radja Nainggolan tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Rimning boshqa bir jamoasi «Latsio» ham bu turda g‘alaba qozondi — 2:1. Qolgan uchrashuvlarda qayd etilgan natijalar bilan quyida tanishib olishingiz mumkin.

Italiya A seriyasi, 20-tur

Napoli – Peskara 3:1 (0:0)
Gollar:
1:0 – 47 Tonelli, 2:0 – 49 Hamshik, 3:0 – 85 Mertens, 3:1 – 90, penalti Kaprari.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Udineze – Roma 0:1 (0:1)
Gol:
0:1 – 12 Nainggolan.

Kalyari – Jyenoa 4:1 (2:1)
Gollar:
0:1 – 28 Simeone, 1:1 – 40 Borrello, 2:1 – 44 Joao Pedro, 3:1 – 60 Borrello, 4:1 – 64, penalti Farias.
Chetlatish: Kapuano (79, Kalyari).

Latsio – Atalanta 2:1 (1:1)
Gollar:
0:1 – 21 Petanya, 1:1 – 45 Milinkovich-Savich, 2:1 – 68, penalti Immobile.

Sampdoriya – Empoli 0:0

Sassuolo – Palermo 4:1 (2:1)
Gollar:
0:1 – 9 Kvayson, 1:1 – 15 Matri, 2:1 – 24 Raguza, 3:1 – 66 Matri, 4:1 – 83 Politano.

Tayyorlagan:  Azamat Murodov

Mavzuga oid