Jahon | 12:20 / 15.01.2017
21356
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda Trampga qarshi namoyishlar haftaligi boshlandi

AQShda huquq faollari mamlakatning yangi saylangan prezidenti inaugratsiyasi arafasida unga qarshi namoyishlar haftaligini boshladi.

Reyter agentligi xabariga ko‘ra, yomon ob-havo bo‘lishiga qaramasdan Martin Lyuter King memoriali oldida 2 ming kishi to‘planib, norozilik aksiyasi boshlagan.

Namoyishchilarning yetakchilari boshqalarni Tramp bekor qilishga va'da bergan Obamacare islohoti o‘z kuchida qolishni talab qilishga chaqirmoqda.

"Biz kuchli yomg‘ir ostida marsh qilib o‘tdi, biz istaymizki, xalq biz kurashib erishgan yutuqlar bir saylov bilangina bekor bo‘lmasligini tushunsin", — degan miting tashkilotchilaridan biri, harakat yetakchisi Alfred Sharpton.

Mitingga kutilganidan kam odam kelgan, Sharpton buni kuchli yomg‘ir va harorat sovuqligi (0 daraja) bilan tushuntirgan.

Trampning inaugratsiyasidan oldingi va keyingi kunlarda namoyish o‘tkazish g‘oyasiga 30 guruh qo‘shilgan.

Trampning inaugratsiya marosimi 20 yanvar kuni o‘tkaziladi.

Shuningdek, inauguratsiya arafasida Trampning Respublikachilar va Demokratlar partiyasidagi ko‘plab taniqli raqiblari Vashingtondan ketmoqda.

Ba'zilar Oq uyning yangi xo‘jayiniga qarshi kurash strategiyasini ishlab chiqish uchun poytaxtdan ketayotgan bo‘lsa, ba'zilar shunchaki shahardagi tantanalarni tomosha qilishni istamayapti.

Demokratlarning bir qismi hukumat topshirilishini kuzatish uchun Vashingtonda qoladi. Ular Trampga qarshi chiqayotgan respublikachilar bilan birga 20 yanvarga belgilangan asosiy namoyishda qatnashmoqchi.

Mavzuga oid