Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqlik harbiylar Sharqiy Mo‘sulning 90 foizini ozod qildilar
Iroq politsiyasi va maxsus kuchlar otryadlari Mo‘sulning sharqidagi 90 foiz hudud ustidan nazoratni tikladilar. Bu haqda "As-Sumariya" telekanaliga Iroq qurolli kuchlari birlashgan qo‘mondonligi rasmiy vakili Yahyo Rasul ma'lum qildi.
"Iroq kuchlari Tigr daryosining chap sohilidagi 85-90 foiz hududni ozod qilishdi. Mo‘sul sharqida IShID terrorchilik tashkilotidan ozod qilingan tumanlarda tozalash va nazorat qilish operatsiyasi davom etmoqda", deb aytdi Rasul.
Uning aytishicha, maxsus bo‘linmalar va federal politsiya Tigr daryosining o‘ng (g‘arb) va chap (sharq) qismlarini birlashtiruvchi 5 ko‘prikdan 3 tasini nazorat qilmoqda. " Sharqiy Mo‘sulning shimolida ekstremistlar o‘ralashib yurgan kichik hududlar qolgan", deb ta'kidlab o‘tdi Rasul.
Mavzuga oid
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
00:00 / 15.12.2025
Suriyada IShIDga qarshi operatsiya boshlandi
11:39 / 01.12.2025
AQSh va Suriya qo‘shma operatsiyasi: IShID qurol omborlariga zarbalar berildi
11:49 / 14.11.2025