Filippin Xitoyga norozilik bildirdi
Filippin Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli orollarda qurol joylashtirishi sababli Xitoyga verbal nota (yozma norozilik) yubordi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Verbal nota shaxsiy notadan farqli ravishda, nafaqat prinsipial, balki kundalik masalalar bo‘yicha ham yuborilishi mumkin. Bunday nota odatda elchi tomonidan imzolanmaydi. Filippin tashqi ishlar vaziri Perfekto Yasayning aytishicha, Manila ataylab norozilikni bunday shaklda bildirishni tanlagan.
"Biz verbal nota yuborib, Xitoy harakatlariga javob berdik. Men Filippin xalqi bizda Xitoy bilan hududiy bahs borligini, biroq biz vaziyatni faqatgina yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan tajovuzkor va ig‘vogar harakatlarni amalga oshirmoqchi emasligimizni bilishini istayman. Biz Xitoy bilan urusha olmaymiz", deb aytgan Yasay.
Ma'lum qilinishicha, Xitoy Janubiy Xitoy dengizida yaratilgan barcha yettita sun'iy orollarda raketalar hujumi va havo hujumiga qarshi tizimlarni joylashtirdi.
12 iyulda Gaagadagi xalqaro sud Xitoy Janubiy Xitoy dengizidagi orollarga "tarixiy huquqqa" ega emasligini va Filippin huquqlarini buzayotgani haqidagi hukmni chiqargan.
Pekinda "hech qanday vaziyatda uchinchi taraflar tomonidan dengiz chegaralarining delimitatsiyasi va hududiy bahslarning hal qilinishini qabul qilmasliklari", "Xitoy qurolli kuchlari esa milliy suverenitet va mamlakatning dengiz huquqlari va manfaatlarini himoya qilishi" aytilgan.
Mavzuga oid
20:28 / 23.11.2024
Filippin vitse-prezidenti davlat rahbari uchun killer yollaganini aytdi
20:50 / 14.11.2024
Filippinga «Usagi» to‘foni yopirildi
22:16 / 11.11.2024
Filippinga «Toraji» to‘foni yopirildi
17:55 / 10.11.2024