Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro koalitsiya Ar-Riyodda IShIDga qarshi kurash masalalarini muhokama qildi
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida IShIDga qarshi kurash bo‘yicha 13 mamlakatdan iborat xalqaro koalitsiya Bosh shtablari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Unda Turkiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari Xulusi Akar ham ishtirok etgan, deb xabar qilmoqda Turkiya armiyasi Bosh shtabiga asoslangan holda Anadolu agentligi.
Uchrashuvda IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi kurash masalasi muhokama qilingan.
Akar hamkasblarini IShIDga qarshi kurashda Turkiya tutgan pozitsiyadan xabardor qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya armiyasi 2016 yil 24 avgustidan buyon, Suriyada «Frot qalqoni» deb nomlangan harbiy amaliyotlarni davom ettirmoqda.
Mavzuga oid
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
20:08 / 07.07.2026