Jamiyat | 09:02 / 16.01.2017
9265
1 daqiqa o‘qiladi

Iordaniyada uchta sher ikki kishiga hujum qildi

Iordaniyaning Al-Balka viloyatidagi safari-bog‘da uchta sher veterinar va uning yordamchisiga hujum qildi, deb xabar bermoqda Sky News Arabia nashri.

Ta'kidlanishicha, voqea iordaniyalik veterinar va uning pokistonlik yordamchisi sherlar qafasi oldidan ishlayotganda yuz bergan. Bog‘ qo‘riqchilari jabrdiydalarga bir necha daqiqadan keyingina yordamga kelishgan.  

Jabrdiydalar ko‘plab jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketilayotganlarida yo‘lda jon berganlar.

Ma'lum qilinishicha, sherlar uxlatish orqali yo‘q qilingan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid