Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
17 yanvarda Yevroparlament rahbari lavozimiga saylovlar bo‘lib o‘tadi
Belgiyaning sobiq bosh vaziri Gi Verxofstadt va yana 6 nafar yevrodeputat Yevroparlament (YeP) rahbari lavozimiga o‘z nomzodlarini qo‘ydilar. Buni Strasburgdagi navbatdagi yig‘ilishning ochilishida YeP spikeri Martin Shults ma'lum qildi.
Gi Verxofstadt Belgiya bosh vaziri lavozimini 1999-2008 yillar egallagan. Undan tashqari, bu lavozimga 2014 yilda YeP spikeri vazifasini vaqtinchalik bajargan Janni Pitella (Italiya), Laurentsiu Rebega (Ruminiya), Xelga Stevens (Belgiya), Jin Lambert (Buyuk Britaniya); Antonio Tayyani (Italiya) va Eleonora Forentsa (Italiya) o‘z nomzodlarini qo‘ydilar.
YePning yangi raisi saylovi 17 yanvarda Strasburgda 09:00da boshlanadi. Saylovlar uch bosqichda o‘tadi, g‘olib mutlaq ko‘pchilik ovoz to‘plashi kerak bo‘ladi. Agar uch bosqich natijasiga ko‘ra g‘olib aniqlanmasa, qo‘shimcha 4-bosqich bo‘ladi va unda 3-bosqichda eng ko‘p ovoz to‘plagan ikki nomzod kurashadi. "Bu Yevroparlamentga barcha 750 deputat keladigan kamdan-kam bo‘ladigan kunlardan biri bo‘ladi, shu sababli ovoz berish oldidan shaxsingizni tekshirish uchun guvohnomalaringizni o‘zingiz bilan olib kelishni unutmang", deb aytdi Martin Shults deputatlarga yuzlanib.
Mavzuga oid
11:53 / 12.02.2026
Yevroparlament Ukraina uchun 90 mlrd yevro kreditni ma’qulladi
14:36 / 11.02.2026
Yevroparlament 2040 yilgacha YeIning iqlim maqsadlari haqidagi qonunni qabul qildi
09:48 / 11.02.2026
YeP Rossiyani “qishni qurolga aylantirish”da aybladi
14:39 / 10.02.2026