Jahon | 21:23 / 17.01.2017
6562
1 daqiqa o‘qiladi

Kot-d'Ivuarda yangi tartibsizliklar boshlandi

Foto: Twitter .com @congoflash1

Kot-d'Ivuarning ma'muriy poytaxti Yamusukroda harbiylar ishtirokida yangi tartibsizliklar boshlandi. Bu haqda guvohlarga iqtibos keltirgan holda "Frans Press" axborot agentligi xabar bermoqda

Mahalliy aholining aytishicha, harbiylar shahar bo‘ylab yurib, havoga o‘q uzmoqdalar va begona avtomobillarni olib qochmoqdalar.

Ma'lum qilinishicha, shunday voqealar Daloa va Man shaharlarida ham yuz bermoqda.

O‘tgan haftada harbiy xizmatdan bo‘shatilgan harbiylar qurol-aslaha omborlarini qo‘lga olib, Buake shahri ustidan nazorat o‘rnatgandilar. Daloa va Korxogo shaharlarida xizmatni o‘tayotgan harbiylar ishtirokida ham isyonlar ko‘tarilgan. Harbiylar maoshlari oshirilishi va turmush tarzlari yaxshilanishini talab qilishgan. 

14 yanvarda isyonchilar va mamlakat hukumati kelishuvga erishganlari ma'lum qilingandi. 

Mavzuga oid