Jahon | 16:07 / 17.01.2017
137115
2 daqiqa o‘qiladi

Masharipov aybiga iqror bo‘ldi

1 yanvar kunida Istanbuldagi Reina tungi klubiga avtomat bilan qurollangan holda bostirib kirib, odamlarni qirg‘in qilganlikda gumonlanib qo‘lga olingan o‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipov o‘z aybiga iqror bo‘ldi. Bu haqda jurnalistlarga Istanbul gubernatori Vasip Shahin ma'lum qilgan.

Bundan oldinroq hukumat Istanbulda yangi yil kechasida amalga oshirilgan terakt ijrochisi O‘zbekiston fuqarosi Abdulqodir Masharipov ekanini tasdiqlagandi.

Abu Muhammad Xurosoniy taxallusiga ham ega bo‘lgan Masharipov 1983 yilda O‘zbekistonda tug‘ilgan, 4 tilni biladi, Afg‘onistonda harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan.

Taxminlarga ko‘ra, u 2016 yil yanvarida Turkiyaga kelgandi. 

Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, so‘roq jarayonida Masharipov barcha aybini tan olgan. Bundan tashqari, uning barmoq izlari jinoyat sodir etilgan joyda aniqlangan barmoq izlariga mos tushgan.

Terrorchi Yangi yil oqshomida Istanbulning Reina klubiga bostirib kirdi va odamlarni "ov qila boshladi". Bu vaqtda bino hududida 700 chog‘li kishi bo‘lgan. Terrorchi 180ta o‘q uzgan, uning hujumi oqibatida 39 kishi qurbon bo‘lgan va 69 nafari shifoxonaga yotqizilgandi.

Mavzuga oid