Turkiyada 2016 yil 31 dekabr kuni Istanbuldagi tungi klublardan birida sodir etilgan teraktböyiça sud jarayoni boşlanadi. Örtaköy tumanidagi Reina klubida sodir etilgan qöporuvçilik oqibatida 39 kişi halok bölgan, 122 odam, şu jumladan 60 xorijlik jabrlangan edi. Sud majlisi Istanbulning 27-sudida bölib ötmoqda, deb xabar qilmoqda Anadolu agentligi.
Mazkur jinoiy iş böyiça 57 kişi qatnaşmoqda. Şundan 51 kişi, xususan terakt ijroçisi, özbekistonlik Abdulqodir Maşaripov ayblanuvçilar kursisida.
Istanbul boş prokuraturasi terrorizm va uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş bölimi prokurori Kökalp Kekçu nazoratida olib borilgan tergovdan söng, 90 sahifalik ayblov xulosasi sudga havola qilingan.
Xabarlarga köra, prokuratura Maşaripovni 40 ta umrbod qamoq jazosiga hukm etişni va jazoni qattiq tartibli qamoqxonada ötaşni söramoqda. Maşaripov tergov vaqtida IŞIDga aloqadorligini tasdiqlagan va Reina klubidagi teraktga qadar boşqa qöporuvçiliklarda iştirok etmaganini aytgan.
Maşaripov, şuningdek xotini va bolalari bilan Suriyaga ketişni rejalaştirganini, ammo çegara yopilgani sababli Istanbulda qolib ketişga töğri kelganini aytgan.

















