Istanbuldagi tungi klubda amalga oşirilgan teraktdan söng Abdulqodir Maşaripov haqida yangi ma'lumotlar paydo böldi. Istanbul boş prokuraturasi xodimlari Maşaripovni 40ta umrbod qamoq jazosi, şuningdek qotillik hamda boşqa jinoyatlari uçun qöşimça 2397 yillik qamoq jazosiga hukm qilişni söraşdi. Daily Sabah şu haqida xabar berdi.

Maşaripov IŞIDning eng dahşatli qotilliklaridan birini amalga oşirganidan bir neça hafta ötgaç, Istanbuldagi Esenyurt tumanida qölga olingan. U "konstitutsion tuzilmaga tajovuz qiliş", terrorçilik faoliyati, köplab qotilliklar va qotilikka urinişlar hamda noqonuniy qurollarga egalik qilişda ayblanmoqda. 

Manbaga köra, mazkur terakt böyiça Maşaripovdan taşqari yana 50dan ziyod kişi hibsga olingan bölib, 6 nafari ozodlikda. 120dan ortiq kişi da'vogarlar qatorida qatnaşgan, ularning aksariyati - xorij fuqarolarining oila a'zolari. Maşaripov klubga hujum qilganida Yaqin Şarq va Ğarb mamlakatlaridan taşrif buyurgan kişilar şu yerda bölgan. 

Teraktdan keyingi qidiruv işlariga 2000 nafarga yaqin politsiyaçi jalb qilingan. Politsiya 152 hududda maxsus reydlar ötkazib, nihoyat Esenyurt tumanida uni topişga muvaffaq bölgan. Maşaripovning qölga olinişi turk politsiyasining katta yutuği sifatida qabul qilindi. Zero u terrorçilik hujumlaridan keyin qölga olingan birinçi IŞID a'zosi hisoblanadi, köp joylardagi hujumlar xudkuş-terrorçilar tomonidan amalga oşirilgan. 

Prokurorlarning ta'kidlaşiça, Reynadagi hujum Suriyadagi IŞID jangarisi, Abu Jihod nomi bilan tanilgan Islom Otaboyev buyruğiga binoan amalga oşirilgan. 

Ma'lumotlarga köra, Maşaripov qölga olinganidan söng hukumatdan uni osişni söragan. Davomli söroqlardan keyin suddagi birinçi körsatmasida u  Turkiya "duşmani" bölmagani, faqatgina Turkiyada Iroq va Suriyadagi terrorçi guruh harakatlarining bostirilişiga qasdma-qasd harakat qilganini aytgan. Maşaripov va boşqalarga hukm öqiladigan sud sanasi hozirça noma'lum.