Jamiyat | 16:38 / 18.01.2017
42180
1 daqiqa o‘qiladi

Antarktidada ulkan yoriq paydo bo‘ldi (video)

Buyuk Britaniyaning Antarktika boshqarmasi Yer yuzasining eng sovuq materigi hisoblanuvchi qit'adagi so‘nggi o‘zgarishlardan biriga doir videolavhani havola qildi. 

Unda 40 km uzunlikka teng yoriqni ko‘rish mumkin. 2016 yil 31 oktabrda anqlangan muz yorilishi davom etgani tufayli Halley VI milliy stansiyasini vaqtincha yopishga to‘g‘ri kelgan. 

Yoriq paydo bo‘lishiga global iqlim isishi sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Lavha dron yordamida tasvirga olingan va uni BBC News saytida ko‘rish mumkin. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid