Jahon | 08:19 / 18.01.2017
8397
1 daqiqa o‘qiladi

Yevroparlamentga yangi rahbar tayinlandi

Italiyalik siyosatchi Antonio Tayani Yevropa parlamentining yangi rahbari lavozimiga saylovlarda g‘olib bo‘ldi. Bu haqda parlament saytida ma'lum qilindi.   

Yevroparlament ma'lumotlariga ko‘ra, Tayani 351 ovoz, uning raqibi Janni Pitella 282 ovoz to‘plagan. Ta'kidlanishicha, birorta ham nomzod mutlaq ko‘p ovoz to‘play olmagan. 

Tayani faoliyati davomida ikki marotaba Yevropa parlamentining transport va sanoat masalalari bo‘yicha yevrokotibi lavozimini egallagan.

Noyabrda Yevroparlament rahbari Martin Shults yangi muddatga nomzodini qo‘ymasligini ma'lum qilgandi. 

Mavzuga oid