Isroilda falastinlik siyosiy faol ozod qilindi
"1948 yil Falastin islom harakati" yetakchisi shayx Rayod Saloh Isroil turmasida 9 oy qamoqda ushlab turilgandan keyin ozodlikka chiqarildi. Bu haqda "Anadolu" axborot agentligiga uning advokati Saloh Xolid Zabarik ma'lum qildi.
Advokatning aytishicha, Salohning hozirda qayerdaligi haqida hech narsa ma'lum emas. "Biz Salohni Rimon turmasi darvozalari oldida kutmoqdamiz. Biroq, avvalroq, u boshqa turmaga o‘tkazilgan bo‘lishi mumkin va ozodlikka o‘sha yerdan chiqadi. Biz Isroil hukumatidan bu haqda ma'lumot olishga harakat qilmoqdamiz", deb aytgan advokat.
Saloh "zo‘ravonlikka undash" aybi bilan 11 oylik qamoq jazosiga mahkum qilinib, bir kishilik kamerada saqlangan.
Salohga ayblov qo‘yilishi u 2007 yilda Isroil hukumatini Qudusdagi Al-Aqso masjidiga olib boruvchi yo‘lni buzgani uchun tanqid qilgani bilan bog‘liq bo‘lgan.
Mavzuga oid
14:07 / 25.12.2024
Isroilda favqulodda holat yana bir yilga uzaytirildi
16:05 / 24.12.2024
«Mossad» xodimlari «Hizbulloh» peyjerlari va ratsiyalarini portlatish amaliyoti qanday tayyorlanganini aytib berishdi
12:01 / 24.12.2024
Isroil Eronda Hamas yetakchisi Ismoil Haniyani o‘ldirganini ilk bor tan oldi
00:02 / 22.12.2024