Jahon | 16:22 / 18.01.2017
7616
2 daqiqa o‘qiladi

Italiyada kun davomida ikkinchi marta kuchli zilzila ro‘y berdi

Italiyaning markaziy qismida yana bir kuchli zilzila sodir bo‘ldi. 

Corriere della Sera xabariga ko‘ra, kunning birinchi qismida kuzatilgan 5,3-5,7 balli zilziladan keyin 1 soat o‘tib shu hududda 5,4 balli ikkinchi zilzila ro‘y berdi.

Qayd etilishicha, bu hududlarda (Latsio, Abrutstso va Marke viloyatlari) bolalar o‘quv binolaridan evakuatsiya qilingan. Rim shahrida metro faoliyati yo‘lovchilar xavfsizligi uchun to‘xtatilgan.

Hukumat aholidan uylarini tark etishni va qutqaruvchilar binolarning bardoshligini tekshirmagunicha ko‘chalarda qolishni so‘ramoqda.

Hozircha qurbonlar va jabrlanuvchilar haqida ma'lumotlar kelib tushmadi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning 24 avgustida Italiyaning Markaziy qismida 6,6 balli zilzila ro‘y berdi. Bu kuchli zilzila oqibatida Amatriche, Akkumoli va Arkuate shaharlarida 300ga yaqin kishi halok bo‘ldi, minglab uylar vayronaga aylandi. Oktyabr oyida ham mamlakatda zilzilalar sodir bo‘ldi va o‘nlab kishilar jarohatlandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid