O‘zbekiston | 10:43 / 18.01.2017
90031
2 daqiqa o‘qiladi

Qahramon Quronboyev Prezident Davlat maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Qahramon Quronboyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashkiliy masalalar va kadrlar bo‘yicha Davlat maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bungacha u 2016 yilning avgustidan buyon O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgandi.

Qahramon Qo‘chqorovich Quronboyev 1992 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti)ni, 2004 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan, siyosatshunoslik fanlari doktori.

Qahramon Quranboyev 2015 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, ta'lim, madaniyat va sport masalalari axborot-tahlil departamentining Yoshlar siyosati va ma'naviy rivojlanish sho‘'basi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

1997—2008 yillarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2009—2012 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha prorektori bo‘lgan.

2012—2013 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori, 2013—2015 yillarda Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi rahbari lavozimlarida ishlagan.

Mavzuga oid