Şavkat Mirziyoyev 2026 yilni “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili” deb e’lon qildi. Yillik murojaatnomasida davlat rahbari mahalla tizimiga bir neça marta töxtaldi. Ma’lum bölişiça, kelgusi yildan mahallani rivojlantiriş böyiça kompleks yondaşuv joriy etiladi. Har bir viloyatda 2-3 tadan tumanni tanlab, hamma mahalladagi barça muammolarni bir vaqtning özida hal qiladigan tizim yaratiladi. Ularda bir vaqtning özida tadbirkorlik infratuzilmasi ham rivojlantirilişi kerak.

Prezident bu maqsadlar uçun jami 8,5 trillion söm ajratilişini e’lon qildi. Deputatlarga esa öz okrugidagi muammolarni hal etiş uçun 500 milliard söm berilmoqda.

Murojaatnomada prezident 2026 yil korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça işlar jiddiy olib boriladigan davr bölişini eslatdi. Hattoki yangi yilda korrupsiya böyiça favqulodda holat e’lon qilindi. Şunday ekan, mahalla tizimiga beriladigan 8,5 trillionning nimalarga işlatilişi – örinli savol. Özbekiston mahallalari uyuşmasi raisi Qahramon Quronboyevning Kun.uz’ga aytişiça, pul miqdori köpligi bois mahallabay taqsimlanadi.

“Endi bir narsani töğri bilişimiz kerakki, 8,5 trillion söm pul – işlab çiqilgan dastur asosida işlatiladi. Har bitta mahallaga qança ajratiladi, yöliga qança-yu suviga qança – har bittasi dastur orqali. Prezidentimiz raqamlaştiriş masalasiga alohida e’tibor berdilar. 2025 yildagi raqamli mahalla platformasi orqali pulning töğri işlatilişi nazorat qilib boriladi”, - deydi Qahramon Quronboyev.

Eslatib ötamiz, şu yilning oktyabrida prezident 2026 yildan boşlab mahallalar budjetiga har yili 200 mlrd sömdan berilişini ma’lum qilgandi.