Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: "... ular fohishalardan ham battarroq"
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning yangi prezidenti Donald Tramp haqida "soxta materiallarga buyurtma berayotganlarni" "fohishalardan battarroq" deb atadi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda.
"Ular hech qanday ma'naviy chegaralarga ega emaslar", deb aytdi Putin.
Gap shundaki, britan razvedkasining sobiq agenti Kristofer Stil tomonidan tayyorlangan Tramp haqidagi materialda u 2013 yilda Moskvaga kelganda fohishalarni yollagani aytilgan. Ushbu material Buzzfeed sayti tomonidan chop etilgan: nashrning ta'kidlashicha, u hujjatdagi ma'lumotlarni tekshira olmagan, biroq bunga qaramay, uni jamoatchilikka taqdim qilishga qaror qilgan.
Hujjatda shuningdek Rossiya maxsus xizmatlarida Trampga kompromat borligi aytilgan. Rossiya buni rad etmoqda. Trampning aytishicha, Rossiya hech qachon uni shantaj qilmagan.
Putin Tramp rossiyalik "ijtimoiy javobgarligi past darajada bo‘lgan qizlar" bilan uchrashganini "bazo‘r tasavvur qilishini" aytgan, chunki Tramp go‘zallik tanlovlarini tashkillashtirish bilan shug‘ullangan va "dunyoning eng lobar ayollari bilan muloqot qilgan".
"Ular shubhasiz dunyoda eng zo‘rlari, biroq Tramp bunga laqqa tushganiga shubham bor", deb qo‘shimcha qilgan Putin.
"Fohishalik – bu jirkanch ijtimoiy holatdir", deb aytgan Putin.
Mavzuga oid
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi
03:48 / 10.08.2020