Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alibaba 2028 yilgacha Olimpiada o‘yinlari homiysi bo‘ladi
Xitoyning internet-giganti Alibaba Davosda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro iqtisodiy forum doirasida XOQ (Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi) bilan kelgusi 6ta Olimpiya o‘yinlariga homiylik qilish yuzasidan shartnoma imzoladi. Shunday qilib, kompaniya 2028 yilgacha 4 yilda bir marotaba bo‘lib o‘tadigan sport musobaqalarini moliyalashtiradi, deb yozmoqda Financial Times.
Alibaba Olimpiadalarning elektron tijorat va bulutli xizmatlar ko‘rsatish sohalarida hamkori bo‘ladi. Shu bilan birga, o‘yinlarning Coca-Cola, McDonald's, Visa va boshqa yirik homiylari qatoridan o‘rin oladi.
Kelishuvning moliyaviy tomoniga oydinlik kiritilmagan. Bundan avvalroq, XOQdagi manbalar, Bridgestone va Panasonic kabi asosiy homiylar 4 yillik davrga (yozgi va qishki Olimpiada uchun) 200 mln dollarga yaqin mablag‘ to‘lashini ma'lum qilishgan edi.
Bitimga ko‘ra, Alibaba va XOQ Olimpiya timsollari tushirilgan mahsulotlarni sotish uchun elektron platforma tashkil etishadi. Bundan tashqari, Alibaba xitoylik tomoshabinlar uchun Olimpiya kanalining sifatini yaxshilaydi.
Hamkorlik yaqinlashayotgan qishki Olimpiadadan boshlanadi. U 2018 yil Koreya respublikasining Pxyonchxan shahrida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
21:45 / 07.05.2026
XOQ Belarus sportchilari uchun barcha cheklovlarni bekor qildi
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
17:11 / 18.02.2026
Alipay'da qanday ro‘yxatdan o‘tish va foydalanish mumkin?
09:03 / 12.02.2026