Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada banditlar mahbuslarni tashiydigan avtobuslarni yoqib yuborishdi
Braziliyaning Natal shahrida 18 yanvarda 15 avtobus, mikroavtobus va avtomobillar o‘tgan hafta oxirida mahalliy turmadagi tartibsizliklardan keyin u yerdagi bir qism mahbuslar boshqa turmalarga ko‘chirilishi e'lon qilingan vaqtda yoqib yuborildi.
Nataldagi turmadagi tartibsizliklarda 26 kishi o‘ldirilgan, ulardan 15 nafari boshidan judo qilingan. G‘alayonning ko‘tarilishiga turmadagi ikki dushman to‘da vakillarining to‘qnashuvi sabab bo‘lgan. Guruhlardan biri raqib guruh a'zolari saqlanadigan blokka bostirib kirgan va shundan keyin ommaviy mushtlashuv boshlangan.
Folha de Sao Paulo portalining ma'lum qilishicha, uchta avtobus va hukumat idoralari mashinasi yo‘lda, yana 12 ta avtobus garajda yoqib yuborilgan. Hozirda hukumat 220 nafar mahbusning qo‘chirilishi va transport vositalarining yoqib yuborilishi orasida aloqa bor-yo‘qligini aniqlamoqda.
Avvalroq Braziliya prezidenti Mishel Temer to‘lib-toshgan turmalarga yuklamani kamaytirish uchun 30 ta yangi axloq-tuzatish muassasasi qurishni rejalashtirayotganini ma'lum qilgandi. Bu maqsadda 300 mln dollar ajratilishi ko‘zda tutilgan. Qurilajak turmalardan beshtasi eng yuqori xavfsizlik tizimiga ega bo‘ladi, u yerda eng ashaddiy jinoyatchilar va narkokartellar a'zolari saqlanadi.
Mavzuga oid
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashdi: mashhur xonanda Oliver Tri halok bo‘ldi
23:05 / 14.06.2026