Jahon | 10:09 / 19.01.2017
14239
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada Rossiya elchisi o‘ldirilgan ko‘rgazma tashkilotchisi hibsga olindi

Turkiya politsiyasi Anqarada Rossiya elchisi Andrey Karlov o‘ldirilgan ko‘rgazma tashkilotchisini hibsga oldi, deb xabar bermoqda Hurriyet nashri.

Ta'kidlanishicha, u Karlovning qotili bilan aloqasi borlikka tekshirilmoqda. Qotil o‘z qabih niyatini amalga oshirishdan bir necha kun avval ko‘rgazma markaziga tayyorgarchilik ko‘rish uchun kelgan. 

Avvalroq Anqarada Rossiya elchisiga suiqasd qilishga aloqador bo‘lgan 6 kishi sudga yetkazilgani ma'lum qilingandi. Ular prokuratura xodimlari tomonidan so‘roq qilinadilar.

Karlov 2016 yil 19 dekabrda Anqaradagi fotoko‘rgazmada nutq so‘zlayotganda otib tashlangan. Hujumni politsiya xodimi Mavlut Oltintosh amalga oshirgan. Keyinchalik u politsiya bilan otishmada yo‘q qilingandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid