Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya bosh vaziri Rossiyaga tashrif buyurmoqchi
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Rossiyaga yaqin vaqt davomida borishi haqida ma'lum qildi. U tashrif davomida tinchlik bitimi masalasini ilgari suradi, deb xabar berdi TASS.
«Men Rossiyaga qulay imkoniyatdan foydalanish maqsadida yaqin vaqt davomida tashrif buyuraman», - dedi Yaponiya bosh vaziri parlamentda plenar sessiya boshlanishi bilan munosabati bilan so‘zlagan nutqida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 70 yildan beri davom etib kelayotgan hududiy yaxlitlik muammosini hal qilish ancha qiyin masaladir.
Bundan tashqari, Abe Yaponiya va Rossiya munosabatlarining yaxshilanishi Shimoli-Sharqiy Osiyodagi xavfsizlik nuqtai-nazaridan katta ahamiyatga ega ekanini aytib o‘tdi.
«Shimoli-Sharqiy Osiyoda xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash uchun Rossiya bilan munosabatlarning yaxshilanishi juda muhim. Biroq Ikkinchi jahon urushi yakuniga yetganidan 70 yil vaqt o‘tgan bo‘lsa ham mamlakatlarimiz tinchlik bitimini imzolamagan. Bu yaxshi emas», - deya xulosa qildi siyosatchi.
Avvalroq Rossiya hukumati bosh vazir o‘rinbosari Igor Shuvalov Rossiya Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abeni 2017 yilda ikki marta qabul qilib olishga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
09:20
G7 sammiti: Rossiya nefti va gaziga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlanmoqda
22:31 / 16.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga «dahshatli qish» bilan tahdid qildi
20:10 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisi bilan ittifoqchilikni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdi
10:45 / 16.06.2026