Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IBM tushumi 19-chorakdan beri kamaymoqda
Foto: Getty Images
IBM kompaniyasining 2016 moliyaviy yilning 4-choragidagi tushumi 2015 yildagi shu davrdagiga nisbatan 1 foizga kamaydi va 21,8 mlrd dollarni tashkil qildi. Shu tariqa kompaniyaning tushumi 19 chorakdan beri pasaymoqda. Shu bilan birga kompaniyaning sof daromadi 1 foizga oshib, 4,5 mlrd dollarni tashkil qildi. Bir aksiyaga daromad 5,01 dollarni tashkil qilgan. 2017 yilda kompaniya bir aksiyaga 13,8 dollar foyda ko‘rishni rejalashtirmoqda.
Kompaniyaning 2016 yilda "bulutli" biznesdan olgan tushumi 35 foizga oshib, 13,7 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Kompaniya hisoboti ortida uning aksiyalari 2,5 foizga tushib, bir donasi narxi 162,8 dollarni tashkil qildi.
IBM 2016 moliyaviy yildagi sof daromadi 11 foizga, ya'ni 11,9 mlrd dollargacha kamaydi. Kompaniyaning yillik tushumi 2 foizga, ya'ni 79,9 mlrd dollargacha kamaygan.
Ta'kidlash joizki, kompaniya 2016 yilda olingan patentlar miqdori bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. U AQShda 8088 ta patentni ro‘yxatdan o‘tkazgan.
Kompaniya ixtirolaridan aksariyati sun'iy ong, kognitiv hisoblashlar, bulutli texnologiyalar, kiberxavfsizlikka tegishli bo‘lgan.
Mavzuga oid
07:54 / 12.11.2025
AI inqilobi: IBM bek-ofisida 8 ming ish o‘rni xavf ostida
18:00 / 10.10.2024
IBM Green Light ITS’ni Markaziy Osiyodagi eng yaxshi hamkor sifatida tan oldi
21:26 / 26.08.2024
IBM kompaniyasi Xitoydagi minglab xodimlarini ishdan bo‘shatadi
08:35 / 03.05.2023