Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy saytidan Obama vaqtidagi ma'lumotlar o‘chirib tashlandi
AQShning 45-prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasidan keyin prezidentning rasmiy saytidan Barak Obama prezidentligi vaqtida chop etilgan ma'lumotlar o‘chirib tashlandi.
Tramp 20 yanvarda mahalliy vaqt bilan soat 12.00da o‘z lavozimiga kirishdi va bir necha daqiqadan keyin Oq uy saytida yangi ma'muriyatning tashqi siyosat, energetika, mudofaa, huquq-tartibot, iqtisodiyot sohalaridagi harakatlar dasturi paydo bo‘ldi.
Bir vaqtning o‘zida saytning barcha qolgan bo‘limlari ham yangilandi, saytning strukturasi va stili avvalgidek qoldi. Bo‘limlarning aksariyatida hozircha hech qanday ma'lumot yo‘q, biroq ularda Tramp va vitse-prezident Mayk Pens va ularning rafiqalari haqida ma'lumot chop etilgan.
Obama rahbarligi vaqtidagi ma'lumotlar bilan birga ekologiyani himoya qilish va jinsiy ozchiliklar masalalariga bag‘ishlangan bo‘limlar ham o‘chirib tashlangan.
Tramp avvalgi nutqlarida iqlimning o‘zgarishi bilan kurashish dasturlari haqida gumon bilan gapirgan.
Mavzuga oid
09:25 / 18.06.2026
Obama va Trampning Eron bilan kelishuvlari nimasi bilan farq qiladi?
08:33 / 07.05.2026
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
08:55 / 23.04.2026