Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya bo‘yicha Ostonadagi uchrashuvda AQSh elchisi bo‘lishi tasdiqlandi
AQSh Davlat departamenti Suriya bo‘yicha Ostonadagi muzokaralarga AQSh delegatsiyasi yuborilmasligini ma'lum qildi. Ushbu muzokaralarda AQSh tomonini uning Qozog‘istondagi elchisi Jorj Krol bildiradi. Bu xaqda Davlat departamentining vakili Mark Toner ma'lum qildi.
"Prezident inauguratsiyasi va xokimiyatning zudlik bilan topshirilishi munosabati bilan Ostonadagi anjumanda AQSh delegatsiyasi ishtirok etmaydi", deb aytdi Toner.
Avvalroq Ostonadagi muzokaralarda AQShning Ostonadagi elchisi ishtirok etishi ma'lum qilingandi.
Bu orada Ostonaga Rossiya, Turkiya va Eron vakillari yetib kelishdi. BMTning Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Steffan de Mistura 22 yanvarga o‘tar kechasi kelishi kutilmoqda. Suriya hukumati vakillari Ostonaga 22 yanvarda yetib kelishadi. Muzokaralar boshlanishi 23 yanvarga belgilangan.