Jahon | 00:47 / 22.01.2017
3698
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an maslahatchisi Suriyada qochqinlar uchun oraliq hududni yaratishni taklif qildi

Foto: RIA

Turkiya prezidenti maslahatchisi Yalchin Topchu Suriyaning chegara hududlarida qochqinlar uchun oraliq hududni yaratish kerak, deb hisoblamoqda.

"Fikrimcha, Suriyaning chegara hududlarida urushdan qochayotgan odamlar kela olishi mumkin bo‘lgan qochqinlar uchun oraliq hududni yaratish kerak", deb aytdi Topchu Qozog‘istonning "Xabar 24" telekanaliga.  

Uning fikricha, "koalitsiya kuchlari qochqinlarni butun dunyo bo‘ylab darbadar bo‘lishga majbur qilmasdan, ularni himoya ostiga olishi kerak". 

"BMT bosh kotibi Ostonadagi jarayonni qo‘llab-quvvatladi va u sermahsul bo‘lishiga umid bildirdi. Umid qilamanki, qabul qilingan qarorlarni boshqa davlatlar ham qo‘llab-quvvatlashadi va Suriya ixtilofini ijobiy hal qilishda ko‘mak ko‘rsatishadi", deb ta'kidlab o‘tdi Topchu.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid