Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiya Yaqin Sharqning parchalanishiga qarshi ekanligini aytdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Sharqiy Afrika davlatlariga tashrifi oldidan matbuot-anjumani o‘tkazdi. Erdo‘g‘an Tanzaniya, Mozambik va Madagaskarda bo‘ladi.
"Biz Afrika davlatlari hukumatlari, jumladan Tanzaniya va Mozambik yetakchilari bilan Afrika qit'asida Fathulla Gulen terrorchi oqimining sheriklariga qarshi kurashishni muhokama qilamiz", deb aytdi Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘an AQShning ma'muriyati o‘zgarganiga ham e'tibor qaratdi. Uning aytishicha, AQShning yangi prezidenti Donald Tramp Turkiya hozirda sinchkovlik bilan o‘rganayotgan bir nechta bayonotlar qilgan. "Turkiyani Yaqin Sharqdagi vaziyat, xususan, Tramp ma'muriyatining bu mintaqa bo‘yicha pozitsiyasi qiziqtiradi. Bugungi kunda Yaqin Sharq olov ichida. Turkiya rahbariyatiga bu mintaqa bo‘yicha ba'zi gaplar yetib kelmoqda va bu Anqarani tashvishlantiradi. Bularning barchasi muhokama qilinishni talab qiladi", deb aytdi Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘anning aytishicha, Turkiya har bir davlatning hududiy yaxlitligi hurmat qilinadigan Yaqin Sharq tarafdori.
"Anqara mintaqaning bo‘linishiga qarshi. Bu noto‘g‘ridir va birinchi navbatda mintaqa xalqlariga hurmatsizlikdir. Turkiya mintaqa xaritasini o‘zgartirishga urinishlarni qo‘llab-quvvatlamaydi", deb ta'kidlab o‘tdi Turkiya prezidenti.
Erdo‘g‘anning aytishicha, Turkiya Yaqin Sharqning eng kuchli davlati va u bu yerdagi jarayonlarning borishiga ta'sir ko‘rsatadi.
"Yaqin Sharqqa aloqasi bo‘lmagan biror bir kimsa mintaqaning o‘ziga xosligi va adolat omilini hisobga olmaydigan qaror qabul qilsa, bu butun dunyo va insoniyat uchun salbiy oqibatlarga olib keladi", deb ta'kidlamoqda Erdo‘g‘an.
Mavzuga oid
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
20:08 / 07.07.2026