Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda poyezdning relslardan chiqishi oqibatida qurbonlar soni 23 nafarga yetdi
Hindistonda poyezdning 7 vagoni va lokomotivi relslardan chiqishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 23 kishiga yetdi. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, halokat qurbonlari soni oshishi mumkin.
Hindiston temir yo‘llar vaziri Suresh Prabxu vaziyatni o‘z nazoratiga olgan. U amaldorlarga voqea joyiga chiqib, tezlik bilan qidiruv-qutqaruv operatsiyasini o‘tkazishni ta'minlashni buyurdi.
"Barcha qutqaruv va yordamchi xizmatlar zudlik bilan safarbar qilinishi kerak", deb aytgan vazir.
Avvalroq Bxubaneshvar shahriga ketayotgan poyezd Kuneru stansiyasi yaqinida relslardan chiqib ketgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
10:10 / 04.04.2026
Hindiston O‘zbekistonda bodomzorlar tashkil etadi
15:19 / 02.04.2026
Bir milliarddan ortiq aholi, uch million amaldor, 33 ta savol - Hindistonda aholini ro‘yxatga olish boshlandi
08:30 / 02.04.2026
Dunyoda eng ko‘p kamera o‘rnatilgan shaharlar reytingi
17:57 / 01.04.2026