Jahon | 00:18 / 22.01.2017
4101
2 daqiqa o‘qiladi

Myanmada 37 nafar tailandlik sayyoh garovga olindi

Foto: RIA

Tailandlik 37 nafar sayyoh 21 yanvar ertalabki payt Myanmaning Karen shtatida mahalliy qurollangan guruh jangchilari tomonidan qo‘lga olindilar. Bunga Tailand politsiyasi tomonidan Karen shtatidan bo‘lgan 6 nafar fohisha va ularning yo‘l boshlovchisi hibsga olingani sabab bo‘lgan, deb xabar bermoqda Tailandning Nation nashri. 

"Karen shtati chegara kuchlari", Myanma hukumatini qo‘llab-quvvatlovchi va milliy qurolli kuchlar tarkibiga mahalliy chegara ayirmachilari sifatida kiruvchi Karen milliy kamchiligi qurollangan guruhi chegarani chegaraoldi turizmi dasturi bo‘yicha kesib o‘tayotgan Tailandning 37 nafar fuqarosini qo‘lga oldi. "Chegarachilar" vakillari Tailanddan hibsga olingan qizlarni va ularning yo‘lboshchisini zudlik bilan ozod qilishni talab qilishgan. Yo‘lboshchiga odamlar kontrabandasi aybi e'lon qilingan.

21 yanvar kechki payt karenlik chegarachilar va Tailandning Karen shtati bilan qo‘shni viloyati harbiylari o‘rtasida kechgan muzokaralardan keyin barcha garovga olinganlar ozod etilib, uylariga qaytarilganlar.

"Karen shtati chegara kuchlari"ga Myanma markaziy hukumati bilan ixtilofda bo‘lgan Karen shtatidagi hukumatga qarshi qurollangan guruhlar bilan kurashda asosiy og‘irlik tushadi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid