Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada granatomyotdan nishonga olishda gumon qilinuvchi qo‘lga olindi
Turkiya politsiyasi Xavfsizlik boshqarmasi va hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi idorasini o‘qqa tutishda gumon qilinayotganlardan birini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi. Hujum 20 yanvar kuni Istanbulda amalga oshirilgan edi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Gumonlanuvchi mamlakat shimoli-g‘arbidagi Tekirdog‘ viloyati hududida qo‘lga olingan. Uni hibsga olish vaqtida yonidan o‘qotar qurol va granata topilgan. Huquq-tartibot idoralari 21 yanvar kuni ushbu jinoyat bo‘yicha gumonlanib, qo‘lga olingan 5 kishini so‘roq qilishni davom ettirmoqda.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, ushlangan shaxs Inqilobiy xalq-ozodlik fronti ekstremistik tashkiloti faolidir. Hozircha, hech bir terrorchilik tashkiloti o‘qqa tutish jinoyatlari uchun javobgarlikni zimmasiga olmagan.
Mavzuga oid
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
20:08 / 07.07.2026