Jahon | 10:21 / 23.01.2017
10077
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreyada yuqori martabali mansabdor shaxs vafot etdi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Pxenyanda vafot etgan, Shimoliy Koreya Fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi bosh direktori Kan Gi Sopning tobuti yonida uning xotirasini yod etdi. Koreya ishchi partiyasi va Shimoliy Koreya davlat kengashi raisining aytishicha, Kan Gi Sop xalqaro va ichki aviatashuvlarni muvaffaqiyatli ta'minlab kelgan va shu tariqa Shimoliy Koreyaning dunyodagi nufuzi oshishiga ko‘mak bergan "inqilob askari" bo‘lgan.

Davlat rahbariga respublikaning boshqa rahbarlari hamrohlik qilishgan. Shimoliy Koreya Fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi mamlakatdagi yagona aviakompaniya AirKoryo’ni nazorat qiladi. 

AQSh va Janubiy Koreyada bu tashkilot Shimoliy Koreyaning raketa-yadroviy dasturi sababli "qora ro‘yxat"ga kiritilgan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid