Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQShda biznesni tartibga solishni 75 foizga kamaytiradi
AQSh prezidenti Donald Tramp uning ma'muriyati mamlakatda biznesni tartibga solishni 75 foizga yoki undan ham ko‘proqqa kamaytirmoqchiligini aytdi.
"Fikrimizcha, biz tartibga solishni 75 foizga, balki undan ko‘proqqa kamaytiramiz", deb aytdi Tramp Oq uyda tadbirkorlar bilan uchrashuvda.
Shu bilan birga u hukumat bunday tartibga solishda ekologiya va ishchilar xavfsizligi masalalariga e'tibor qaratishini aytdi.
Tramp saylanguncha AQShda tadbirkorlar faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlar mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga xalaqit qilishini bir necha marotaba aytgan.
Bundan tashqari, Tramp AQShda ishlab chiqarishni rivojlantirish rejalarini birinchi navbatda soliq choralari yo‘li bilan amalga oshirishini tasdiqladi.
Trampning aytishicha, AQShda sotish uchun xorijda mahsulot ishlab chiqaruvchi AQSh kompaniyalari "chegarada katta soliq to‘lashadi". Uning ta'kidlashicha, shunday choralarni "savdo qilish qiyin bo‘lgan" boshqa davlatlar, jumladan Xitoy qabul qiladi. Shuning uchun, Trampning fikricha, dunyoda "erkin va adolatli savdo" haqida gapirish noo‘rindir.