Light | 23:15 / 24.01.2017
30640
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning ko‘chib o‘tish uchun eng arzon shahri aniqlandi

Tunis shahri 2017 yilda ko‘chib o‘tish uchun dunyoning eng arzon shahri ro‘yxatiga boshchilik qildi. Bu reytingni yuk taksisi xizmatlarini taqdim qiluvchi Movinga nemis kompaniyasi mutaxassislari tuzishdi. 

Firma mutaxassislari  yangi joyda yashashning birinchi oyi, jumladan uy ijarasi, telefon ulash, oziq-ovqat va transport uchun sarf-xarajatlarni hisoblab chiqishdi. Tunisda (Afrikadagi Tunis davlati poytaxti) bunga 398 dollar kifoya qiladi.
 
2-o‘rinni Hindiston janubidagi Bangalor shahri 422 dollar bilan egalladi. Yetakchi uchlikni Qohira yakunlamoqda (532 dollar).

4-o‘rin Buxarestga nasib qildi, bu yerda yashashning birinchi oyida 583 dollar talab qilinadi. 5-o‘rin Kolumbiyaning Medeliniga nasib qildi. Bu shaharga ko‘chib o‘tish 603,6 dollarga tushadi.

Yetakchi o‘ntalikdan kamayib borish tartibida Sofiya (Bolgariya), Kolumbiya poytaxti Bogota, Lagos (Nigeriya), Riga va Budapesht shaharlari ham o‘rin oldi.

Hammasi bo‘lib reytingga 75 ta aholi punkti kiritilgan. Bu ro‘yxatning so‘nggi o‘rinini Angola poytaxti Luanda egalladi. Bu yerda yashashning birinchi oyi uchun 3,3 ming dollar kerak bo‘ladi.

Mavzuga oid