Jahon | 13:55 / 24.01.2017
2618
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyaning ko‘chki ostida qolgan mehmonxonasida yana 3 kishining jasadi topildi

Foto: AP

Italiyaning ko‘chki ostida qolgan mehmonxonasida halok bo‘lganlar soni 12 nafarga yetdi. Qutqaruvchilar yana uch kishining jasadini topgan, deb xabar qilmoqda Rainews24 telekanali.

Ma'lumotlarga ko‘ra, vayronalar ostidan hozircha shaxsi aniqlanmagan erkaklarning jasadi olib chiqilgan. 

Hozircha, 17 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanadi. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda. 

Italiyaning Abrutstso mintaqasidagi Gran-Sasso okrugidagi fojia 18 yanvarda ro‘y bergan edi. Taxminlarga ko‘ra, mehmonxona binosiga 120 ming kub metr qor yopirilgan. Ko‘chkiga o‘sha kuni Markaziy Italiyada ro‘y bergan zilzila sabab bo‘lgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid