Jamiyat | 16:21 / 24.01.2017
11587
1 daqiqa o‘qiladi

Mel Gibsonning to‘qqizinchi farzandi dunyoga keldi

Amerikalik mashhur aktyor va rejissyor Mel Gibsonning to‘qqizinchi farzandi dunyoga keldi, deb xabar qilmoqda People jurnali 61 yoshli artistning vakiliga asoslangan holda. O‘g‘il bola 20 yanvar kuni Los-Anjyelesda tug‘ilgan. Unga Lars Jyerard Gibson deb nom berishgan.

Chaqaloqning onasi Rozalind Ross bilan Gibson ikki yildan buyon uchrashib yurishi xabar qilinadi. Manba, «ular uyda, barchasi salomat va baxtli», – deya qo‘shimcha qilgan. 

Aytish joizki, Gibson so‘nggi yillarda mojarolar girdobida qoldi, biroq, 2016 yilda «Oskar» sohibi «Vijdon amri bilan» deb nomlangan Okinava uchun kurash aks ettirilgan harbiy drama bilan katta sahnaga qaytgan edi. 

Mavzuga oid