Taniqli aktyor va kinorejissyor Mel Gibson Kosta-Rikada joylaşgan Playya-Barrigona danğillama villasini ikkinçi marotaba sotuvga qöydi.
Ma'lum qilinişiça, uçta uydan iborat Gibsonning villasi Kosta-Rika junglilarida joylaşgan. Aktyor 7 yil avval ham uni sotişga uringandi, biroq uni Gibson söragan 35 mln dollarga sotib olişga tayyor bölgan xaridor topilmagan.
Bu gal aktyor villaning narxini tuşirişga qaror qilgan va unga 30 mln dollar söramoqda. Ta'kidlanişiça, maydoni 162 gektarni taşkil qiladigan villa aktyor tomondan u “Apokalipsis” filmini suratga oliş uçun joy qidirayotganda sotib olingan.
Villa 7 ta yotoqxona, 8 ta vannaxona, veranda, katta çömiliş havzasi va dam oliş hududidan iborat.
















