Gollivud aktyori va rejissyor Mel Gibson 9-marotaba ota böliş arafasida turibdi. Uning 25 yoşli ma'şuqasi Rozalind Ross farzand kutmoqda. Bu haqda juftlikka yaqin bölgan manbaga iqtibos keltirgan holda People naşri xabar bermoqda.
"Melga ota böliş yoqadi, u Rozalind bilan birga ota-ona bölişni intiqlik bilan kutmoqdalar", deb aytdi manba. Uning aytişiça, oxirgi ikki yil Gibsonning hayotidagi eng baxtli onlar bölgan. Ta'kidlanişiça, juftlik farzandining 2017 yil boşiga dunyoga kelişini kutmoqda.
Ikki yil avval aktyor bilan uçraşişni boşlagan Ross uçun bu birinçi farzand böladi.
60 yoşli aktyorning sobiq rafiqasi Robin Mur bilan turmuşidan 7 nafar: Xanna (1980 yilda tuğilgan), egizaklar Edvard va Kristian (1982), Uilyam (1985), Lui (1988), Maylo (1990) va Tomas (1999) ismli farzandlari bor. Juftlik 2011 yilda ajraşib ketgan.
Gibson rafiqasi bilan ajraşayotgan vaqtda rossiyalik Oksana Grigoreva bilan uçraşişni boşlagan. 2009 yil oktabrda Gibson Oksanadan Lyusiya ismli qiz farzand körgan. Biroz ötib Grigoreva Gibsonni zöravonlikda ayblagan va ular ajraşib ketişgan.
AQŞ-Avstraliya aktyori, rejissyor, ssenariynavis va prodyuser Gibson ikkita "Oskar" va "Şeryurak" filmi rejissurasi uçun "Oltin globus" mukofoti bilan taqdirlangan. Avstraliya ordeni faxriy zobiti hisoblanadi. Unga jahonşumul maşhurlikni "Telba Maks" filmi keltirgan.








