Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukus jamoat transportlaridagi yo‘l haqi naqd pulsiz bo‘ladi
"Qaraqalpaqtrans" avtomobilda yuk va yo‘lovchi tashuvchilar Respublika Assotsiatsiyasiga bir oy muddatda Nukus shahrida yo‘lovchi tashuvchi jamoat transportlari - avtobus va yo‘nalishli taksilarda yo‘lovchilar tomonidan yo‘l haqini bank plastik kartochkalari orqali sotib olinadigan maxsus jyetonlarni tashkillashtirish, uning harakatini nazoratga olish tartibi haqidagi ko‘rsatma ishlab chiqish topshirilgan. Bu haqda Assotsiatsiyaning bo‘lim boshlig‘i Bahadir Ataniyazov "G‘arezsizlik ham nizam" nashriga xabar qilgan.
Bu yo‘nalishda ishlar boshlanib ketgan. "Davlat belgisi" davlat ishlab chiqarish birlashmasining "Toshkent zarbxona"siga jyetonlar ishlab chiqish uchun buyurtma berilgan. Nukus shahrining odamlar ko‘p yig‘iladigan 10 o‘rnida jyetonlarni sanab beradigan maxsus uskunalar o‘rnatilib, ularni fuqarolarimiz plastik kartochkalari orqali olish imkoniyati yaratiladi.
2018 yilning 1 iyul sanasigacha Nukus shahri va viloyatlar markazlarida shahar yo‘lovchilari transportida yo‘l haqini bank plastik kartasidan naq pulsiz to‘lash sistemasini bosqichma-bosqich amalga oshirish rejalashtirilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2016 yil 21 dekabrdagi "Nukus shahrida yo‘lovchi tashuvchi jamoat transporti-avtobus va yo‘nalishli taksilardan foydalanish tartibini jadallashtirish haqida"gi qarori bilan shahar jamoat transporlarga shu yilning 1 mart sanasidan boshlab naqd pulsiz yo‘l haqi to‘lash sistemasi amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
08:17 / 03.06.2026
Dunyoning eng gavjum temiryo‘l vokzallari reytingi e’lon qilindi
20:22 / 26.05.2026
«Toshkent – Samarqand» tezyurar avtomagistralida intellektual transport tizimi joriy etiladi
00:03 / 13.04.2026
Toshkentda intellektual transport tizimi joriy etilmoqda
09:50 / 23.03.2026