Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonadagi Suriya bo‘yicha muzokaralar birinchi kunidan tafsilotlar
23 yanvarda Qozog‘iston poytaxti Ostonada boshlangan Suriya bo‘yicha muzokaralarning birinchi kuni yakunlandi. Moskvaning fikricha, uchrashuvning birinchi kuni muvaffaqiyatli kechgan. Bu haqda Rossiyaning Ostonadagi muzokaralarda Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha delegatsiyasi rahbari Aleksandr Lavrentev aytdi.
"Fikrimizcha, birinchi kun yetarlicha muvaffaqiyatli bo‘ldi. Avvalambor Ostonada Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha xalqaro uchrashuvni o‘tkazish va ochishga muvaffaq bo‘lindi", deb aytdi Lavrentev.
"Boshida ishonchsizlik, taranglik bo‘ldi, biroq muxolifat delegatsiyasi Rossiya siymosida va'dasida turadigan ishonchli hamkorni ko‘rishini tushundi", deb ta'kidlab o‘tdi Rossiya vakili. Rossiya Suriya muxolifatiga "agar Rossiya qandaydir harakatlar va kelishuvni kafolatlasa, unda bunga ishonish mumkinligini" yetkaza olgan. "Boshida ehtiroslar kuchli bo‘lganiga qaramasdan, tomonlar ongli yondashuv ko‘rsatib, bu muhim tadbirning barbod bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan qochishga harakat qilishdi", deb ta'kidlab o‘tdi Lavrentev.
"Ertangi kungi rejalarga kelsak. Ko‘p bosqichli muzokaralar, jumladan Rossiya, Turkiya va Eron delegatsiyalari mutaxassislarini jalb qilgan holda ba'zi masalalarni kelishib olish uchun davom etadi. Bular jangovar harakatlarni to‘xtatish tartibi, "Jibhat an-Nusra" va IShIDdan farqlash, terrorchilikka qarshi birgalikdagi kurash masalalaridir", deb aytdi Rossiya vakili.
Mavzuga oid
08:25 / 22.06.2026
Saida Mirziyoyeva «Ostona» xalqaro moliya markazi faoliyati bilan tanishdi
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026