Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vitaliy Klichkoning o‘g‘liga timsoh hamla qilib qoldi
O‘ta og‘ir vaznda WBC va WBO versiyalari bo‘yicha sobiq jahon chempioni, hozirda Ukraina poytaxti Kiyev meri bo‘lgan Vitaliy Klichkoning o‘g‘liga timsoh (alligator) hamla qilib qoldi.
Worldboxingnews nashri xabar berishicha, voqea AQShdagi Evergleyds milliy bog‘ida yuz bergan. 16 yoshli Yegor-Daniel Klichko bu yerda volontyor bo‘lib ishlagan va Klichkoning xayriya jamg‘armasi dasturi bo‘yicha hayvonlarni parvarishlab yurgan.

Timsoh hujumi oqibatida o‘smirning bir qo‘lidagi barmog‘i shikastlangan.
"Alligatorlarni parvarishlovchi xodim sifatidagi birinchi qoida: agar alligator Ervin ovqat yegisi kelsa, unda unga ovqat bering. Menda hattoki ko‘k ipda tikilgan choklar bor", deb izoh berdi o‘smirning o‘zi bu holatga.
Mavzuga oid
14:15 / 13.11.2025
Vitaliy Klichko Ukrainada chaqiruv yoshini pasaytirishga chaqirdi
11:04 / 04.09.2025
“O‘z qurbonlarini timsohga yedirgan” - Kolumbiyada “El-Loko” laqabli jinoyatchi ushlandi
11:22 / 25.06.2025
Toshkentda bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi
19:28 / 07.04.2025