Kiyev meri Vitaliy Kliçkoning fikriça, Ukraina QQ (VSU)da xizmatçilar keskin taqçil bölgani uçun mamlakatda çaqiruv yoşini pasaytiriş lozim. «Hozir Ukrainada çaqiruv faqat 25 yoşdan boşlanadi. Uni bir–ikki yilga pasaytirib, 23 yoş yoki 22 yoşdan qiliş mumkin», — dedi Kliçko 12 noyabr kuni Axel Springer Global Reporters Network axborot tarmoğiga bergan intervyusida.

Şuningdek, u Rossiyaning harbiy tajovuziga qarşi kuraşayotgan mamlakatni juda köp harbiy majburiyatga ega fuqarolar tark etganini ham qayd etdi.

Avvalroq Welt nemis telekanali efirida u «Ukrainada askarlar va inson resursi keskin tanqisligi bilan boğliq ulkan muammolar» mavjudligini aytdi, ayni paytda Rossiya uruşga tobora köproq yoşlarni yubormoqda. Şu bilan birga, u vatanini tark etgan yoşlar soni juda katta ekani bois xavotirini bildirdi. Uning sözlariga köra, uruş tugagaç, kamida yarmi qaytib kelsa, Ukraina minnatdor böladi. Yoşlar «qabul qilgan mamlakatlarda tez jamiyatga moslaşadi, tilni özlaştiradi» va u yerda oila ham quradi, dedi Kiyev meri.

Avgust oyida Kiyev hokimiyati 23 yoşgaça bölgan erkaklarga Ukrainani tark etişga ruxsat berdi — bu Yevropa mamlakatlariga ukrain qoçoqlarining navbatdagi tölqiniga sabab böldi. 24 yoşdan 60 yoşgaça bölgan ukrain erkaklariga esa hanuz faqat istisno holatlardagina mamlakatdan çiqişga ruxsat beriladi.