Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada TIV: Transtinchokeani hamkorligi AQSh ishtirokisiz davom etmaydi
Transtinchokeani hamkorligi (TTH) kelishuvi AQSh ishtirokisiz davom eta olmaydi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi. Kanada tashqi ishlar vaziri Xristyu Frilend shunday fikrni bildirgan.
23 yanvar kuni Donald Tramp AQShning TTHdan chiqishiga doir farmonni imzolagan edi. Ushbu kelishuv doirasida Osiyo-Tinch okeani mintaqasida erkin savdo hududini tashkil etish rejalashtirilgan edi. Mintaqa mamlakatlari hissasiga jahon iqtisodiyotining 40 foizi va jahon savdosining uchdan biri to‘g‘ri kelar edi.
"Bu kelishuv shunday barpo qilinganki, u faqat AQSh ishtirokida kuchga kirishi mumkin edi. Shunday qilib, TTH, AQShning ishtirokisiz, hayotga tatbiq etila olmaydi", — degan Frilend.
AQSh rahbarligida tayyorlangan Transtinchokeani hamkorligi kelishuvi 7 yil mobaynida 12 mamlakat vakillari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida 2016 yil fevralida imzolangan edi. AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati ushbu bitimni Xitoyga iqtisodiy jihatdan qarshi turishda asosiy choralardan biri deb baholar edi. Biroq, AQSh kongressi hujjatni ratifikatsiya qilmagani sababli u kuchga kirmadi. Tramp esa, lavozimiga kirishishi bilan mamlakatining ushbu kelishuvidan chiqishini boshlashga farmon berishini ta'kidlab kelgan edi.
Mavzuga oid
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
14:14 / 12.06.2026
Kanada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
22:32 / 09.06.2026