Jahon | 23:46 / 25.01.2017
13380
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Rossiya prezidentining maqsadi Yevropa ittifoqini parchalash ekanligini aytdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Helsingin Sanomat nashriga bergan intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning maqsadi Yevropa Ittifoqini parchalash ekanligini aytdi.   

"Rossiya Yevropa Ittifoqining zaiflashishi uchun choralar ko‘rmoqda. Putin o‘zaro ishonchga putur yetkazmoqchi, Yevropa Ittifoqini parchalab, alohida davlatlarga ta'sir ko‘rsatmoqchi", deb aytgan Poroshenko.

Avvalroq Poroshenko Finlyandiyaga tashrifi vaqtida rossiyalik jurnalistlarning savollarini e'tiborga olmagandi. 

Ta'kidlanishicha, Poroshenkoning Finlyandiya parlamentiga tashrifi davomida Rossiya telekanallaridan birining jurnalistlari unga savolga javob berish iltimosi bilan murojaat qilishgan. Biroq Ukraina prezidenti javob o‘rniga "davlati hududini ozod qilish" va "ukrainaliklarni o‘ldirishni bas qilish" zarurligini ayta boshlagan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid